Yangiliklar
Ayni paytda Qozog‘istonda Markaziy Osiyo elektr energetika sohasi mutaxassislarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
  • 17.10.2024
  • 19

Bugun, 2024-yil 17-oktabr kuni Qozog‘istonning “KEGOC” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 42-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Markaziy Osiyo energetika tizimlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan kompleks foydalanishni taʼminlash, energetika sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 44-yig‘ilishida 2024\2025-yil kuz-qish mavsumida kutilayotgan muammolar va ularning yechimlari hamda boshqa muhim masalalar ishchi tartibda muhokama etilgan.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>