Qiziqarli xabarlar
Davlat “yashil” tizimlarni o‘rnatishni qoplaydi
  • 14.10.2024
  • 70

Siz quyosh suv isitish tizimlarini o‘rnatish nafaqat ekologiya uchun foydaliligini, balki naf olib kelishini ham bilasizmi?

Agar siz bunday uskunalarni o‘z hisobingizdan o‘rnatgan bo‘lsangiz, quyidagi kompensatsiyalarni olishingiz mumkin:

► 5 BHM – suvni isitish hajmi 100 litr bo‘lganda (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi uchun)

► 7 BHM – suvni isitish hajmi 200 litr bo‘lganda (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi uchun)

Bunday me’yorlar Prezidentning “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida nazarda tutilgan.

Sayyorani himoya qilish va kommunal xizmatlar to‘lovlarini tejash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Manba: https://t.me/clearenergy/2581

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>