Qiziqarli xabarlar
Elektr zaryadlash stansiyalarini o'rnatish va ulash jarayoni soddalashtirilgan
  • 02.09.2024
  • 98

May oyida Energetika vazirligi yuridik shaxslar uchun stansiyalarni o'rnatish va tarmoqqa ulash uchun ruxsat olishga bir oydan kam vaqt kerak bo`lishini ma'lum qildi.

Ruxsatnomalar "Hududiy elektr tarmoqlari" va "O'zenergoinspeksiya" tomonidan beriladi.

Bundan tashqari, Toshkentda pullik to'xtash joylari, elektr zaryadlash stansiyalari va kameralarni boshqarish uchun mas'ul bo'lgan Yo'l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi.

Tashkent Invest kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil oktyabr oyida Toshkentda 73 ta zaryadlash stansiyasi ishlagan, bu har 100 ming kishiga 2,5 ta stansiyani tashkil etadi. Shu bilan birga, poytaxtda elektromobillar va gibridlar soni yiliga 10 baravar ko'payib, qariyb 19 mingga yetdi.

 

Manba: https://t.me/clearenergy/2548

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>