Yangiliklar
MATBUOT ANJUMANI: Magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarning 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakuni
  • 08.10.2024
  • 102

1. Asosiy ish faoliyati

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ–4249-qarori asosan tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati elektr energiyasini transportirovkasi va davlatlararo tranzitni amalga oshirishdan iborat.

2. Tarkibiy tuzilmasi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmasida 17 ta filial va 1 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona mavjud.

3. Yagona aksiyadori

Aksiyadorlik jamiyatining Yagona aksiyadori — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

4. Energetika obyektlari

Aksiyadorlik jamiyatida uzunligi 12250 kilometr 110–220 hamda 500 kilovolt kuchlanishli elektr tarmoqlari, umumiy quvvati 31134 megavolt•amper bo‘lgan 90 ta podstansiya mavjud. Ularga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar soni 4409 nafarni tashkil etadi.

5. Investitsiya loyihalari, modernizatsiya-rekonstruksiya

2019–2024-yillarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 397,2 mln AQSH dollari hisobidagi 30 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida, umumiy quvvati 1025 megavolt•amperga ega 4 ta 220 kilovolt kuchlanishli podstansiya hamda 870 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i (500 kilovolt kuchlanishli 129,0 km, 220 kilovolt kuchlanishli 658,9 km, 110 kilovolt kuchlanishli 82,83 km) qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlari natijasida podstansiyalarning quvvati 7890 megavolt•amperga oshirildi.

6. Elektr energiyasi transportirovkasi (uzatish)

2024-yil yanvar-sentabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 54,3 mlrd kilovatt•soat elektr energiyasi uzatilib, reja 100 foizga bajarildi. O‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek, elektr energiyasi isteʼmolini qisqartirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirga asosan 10,4 mln kilovatt•soat elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 14,1 mln kilovatt•soat yoki reja 135,4 foizga bajarildi.

2024-yil yanvar-dekabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 74,0 mlrd kilovatt•soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 16,1 mln kilovatt•soat miqdorida elektr energiyasi isteʼmolini iqtisod qilish rejalashtirilgan.

2025-yil yanvar-dekabr oylarida magistral elektr tarmoqlari orqali 76,1 mlrd kilovatt•soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 9,2 mln kilovatt•soat miqdorida elektr energiyasi isteʼmolini iqtisod qilish rejalashtirilgan.

7. Investitsiya dasturining ijrosi bo‘yicha

2024-yil yakunigacha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan  430,6 mln AQSH dollari hisobidagi (2023-yil rejasiga nisbatan o‘sish surʼati 262,6 foiz) mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Jumladan:

Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan hisobidan – 164,1 mln dollar; Boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan – 200,0 mln dollar; Aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan – 62,2 mln dollar; Tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan – 4,3 mln dollar.

Xususan, 2024-yil yanvar-sentabroylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 285,23 mln dollar o‘zlashtirildi (reja 276,77mlndollarga nisbatan 103,05foiz). Shundan Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan 114,85 mln dollar (reja 111,4mlndollarga nisbatan 103,1 foiz), boshqa xorijiy kreditlar 129,4 mln dollar (reja 127,0mlndollarga nisbatan 101,9foiz), tijorat banklari kredit mablag‘lari 2,1 mln dollar (reja 1,3mlndollarga nisbatan 162,1foiz) va o‘z mablag‘laridan 38,88 mln dollar (reja 37,07 mln dollarga nisbatan 104,9foiz).

Yangi qurilish hamda modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida jami 71 km elektr uzatish tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatida “Toshkent” podstansiyasi bilan “Traktorsoz” podstansiyasini bog‘lovchi Yuqorichirchiq quyosh fotoelektr stansiyasi podstansiyasiga “kirish-chiqish” – 2 km, Buxoro viloyatida Qorovulbozor quyosh fotoelektr stansiyasidan “Turon” almashlab ulash punktiga – 33 km, Qashqadaryo viloyatida Nishon quyosh fotoelektr stansiyasidan “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati energetika obyektiga – 36 km.

Shuningdek, 4 ta podstansiyada jami 850 megavolt•amper qo‘shimcha quvvat yaratildi. Namangan viloyatida “Sardor” podstansiyasi 175 megavolt•amper, Andijon viloyatida “Lochin” podstansiyasi 300 megavolt•amper, “Saroy” podstansiyasi 125 megavolt•amper, Surxondaryo viloyatida “Sherobod-2” podstansiyasi 250 megavolt•amper.

 

Yil yakuniga qadar Investitsiya loyihalari doirasida jami 488 km elektr uzatish tarmog‘i hamda 2186 megavolt•amper qo‘shimcha quvvat yaratiladi. Jumladan, Navoiy viloyatida quvvati 1002 megavolt•amper bo‘lgan 500 kilovolt kuchlanishli “Muruntov” podstansiyasi va 177 km elektr uzatish tarmog‘i quriladi; Jizzax viloyatida quvvati 500 megavolt•amper bo‘lgan “Zafarabod” podstansiyasi va 280 km elektr uzatish tarmog‘i foydalanishga topshiriladi; Toshkent viloyatida quvvati 250 megavolt•amper bo‘lgan “Ohangaron” podstansiyasida boshlangan ishlar yakunlanadi; Andijon viloyatida quvvati 300 megavolt•amper bo‘lgan “Lochin” podstansiyasi ishga tushadi; Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” podstansiyasi qo‘shimcha 34 megavolt•amper quvvat yaratiladi; Samarqand viloyatida “Samarqand” podstansiyasi 100 megavolt•amper quvvat qo‘shiladi; Toshkent viloyatida “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasidan “Ohangaron” podstansiyasigacha 31 km uzunlikka ega elektr tarmog‘i quriladi.

8. Sarf-xarajatlarni qisqartirish

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida jami xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish natijasida 271,6 mlrd so‘m miqdorida iqtisod qilindi, jumladan:

• energoresurslarni iqtisod qilish hisobiga – 0,5 mlrd so‘m;

• material va xomashyolar sarfini optimallash hisobiga – 1,4 mlrd so‘m;

• texnologik va boshqa yo‘qotishlar kamaytirish hisobiga – 4,0 mlrd so‘m;

• ekspluatatsiya va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hisobiga – 4,8 mlrd so‘m;

• Boshqa sarf-xarajatlarni qisqartirish va optimallashtirish hisobiga – 260,8 mlrd so‘m.

Yil yakuniga qadar 355,0 mlrd so‘m miqdorida xarajatlarni qisqartirish va optimallashtirish kutilmoqda.

9. Yangi ish o‘rinlarini yaratish

2024-yilda yanvar-sentabr oyida tizim korxonalarida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi. (reja 6 ta, rejaga nisbatan 5 barobar ko‘p).

10. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari

2024/2025-yillar yillar kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashiga tayyorlash to‘g‘risida 22-banddan iborat chora-tadbirlar belgilab olinib, oldingi mavsumda sodir bo‘lgan avariyaviy o‘chishlardan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda elektr uzatish tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi. Barcha podstansiya va elektr uzatish tarmoqlariga masʼul xodimlar biriktirilgan.

Mavsumini betalofat o‘tkazish borasida quvvati 736 megavolt•amper bo‘lgan 10 ta (reja 9 ta) transformator, 34 ta o‘chirgich, 4 ta kompressor qurilmasi, 941,4 km (reja 848 km) uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal taʼmirlandi hamda “O‘zenergoinspeksiya” ko‘rigidan o‘tkazilib mavsumga tayyorlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 310 ta transformator, 1677 ta o‘chirgich, 12 ta kompressor qurilmasi va 5490,2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini joriy taʼmirlandi. Transformatorlarning sovutish tizimidagi 113 ta dvigatel taʼmirlandi va 66 ta yangi dvigatel o‘rnatildi.

220–500 kilovolt kuchlanishli 12250 km tarmoq ko‘rikdan o‘tkazildi hamda 721 ta qushlarga qarshi moslama, 6000 tadan ortiq izolyator o‘rnatildi, chaqmoqqa qarshi trosslar va kontur yerlagichlari tekshirildi.

Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmalari yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi va 200 tadan ortiq aniqlangan qizishlar bartaraf qilinib, favqulodda holatlar oldi olindi.

Shuningdek, avariyaviy holat sodir bo‘lganda holatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, borish qiyin bo‘lgan tayanchlargacha (tog‘li, qir-adirli hududlarda) yo‘laklar barpo etildi, shu bilan birga, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘rlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin taʼsiriga tushishini oldini olish choralari (qo‘shimcha ariqlar barpo etildi) ko‘rildi.

Yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 180 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 27 dona metall tayanch ustunlari, 39 dona temir-beton tayanch ustunlari, 10000 ta izolyator, 20 ta turli quvvatdagi transformator, 40 tonna turli rusumli simlar, ikkilamchi zanjir uchun 10 km kabel mahsulotlari zaxirasi yaratildi.

Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular 139 ta maxsus avtotransport vositasi shundan, 25 ta yuk ko‘tarish avtokrani, 64 ta brigada avtotransporti, 27 ta AGP (avtogidropodyomnik), 14 ta ETL (elektr tahlil laboratoriyasi) laboratoriyasi va 9 ta ekskavator, zaruriy ehtiyot qismlar, shuningdek, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.

Bundan tashqari, 110–220 va 500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan ko‘rik ishlarining samaradorligini oshirish, yaʼni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida o‘chuvchisiz o‘chish apparatidan foydalanish joriy etilgan bo‘lib, hozirda 656,7 km elektr uzatish tarmoqlarida va 2000 tadan ortiq tayanchda ko‘rik ishlari olib borildi.

11. Energiya tejamkorlik va samaradorlik

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-222-sonli qarori asosida tasdiqlangan yo‘l xaritasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining magistral elektr tarmoqlari filiallari bo‘yicha sarflanadigan elektr energiyasini tejash rejasi 2024-yil uchun 16,1 mln kilovatt•soat etib belgilangan bo‘lib, 2024-yilning sentabr oyida 4,5 mln kilovatt•soat elektr energiyasi tejalishiga erishildi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 14,1 mln kilovatt•soat miqdoridagi elektr energiyasi tejalishiga erishilgan. Bundan tashqari, 2024-yil yanvar-avgust oylarida elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlar hisobidan 264,5 mln kilovatt•soat yoki 0,6 foizga elektr energiyasi tejalishiga erishildi. (reja 1,7 mlrd kilovatt•soat, yoki qabul qilingan energiyaga nisbatan 2,95 %, amalda esa 1,4 mlrd kilovatt•soat yoki 2,35 %).

 Elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlar orqali uzatishdagi texnologik yo‘qotishlari bo‘yicha: 2024-yilning yanvar-avgust oylarida elektr tarmoqlari orqali 60,0 mlrd kilovatt•soat elektr energiyasi qabul qilinib, texnologik yo‘qotishlar iqdori 1,4 mlrd kilovatt•soatni tashkil etgan. Bu qabul qilingan energiyaga nisbatan 2,35 foizni tashkil etadi. Tasdiqlangan rejaga ko‘ra energiya qabuli 3,1 mlrd kilovatt•soatga ortgan bo‘lsada, elektr energiyasini texnologik yo‘qotishlari 264,5 mln kilovatt•soat yoki 0,6 foizga kamayishiga erishilgan. Shuningdek, yil yakuniga ko‘ra 0,7 foizga texnologik yo‘qotishlarini kamaytirishga erishish ko‘zda tutilgan.

12. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli filialining bino-inshootlarida 703 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, shu kungacha 570,2 ming kilovatt•soat yashil energiya hosil qilinib, shundan shahar elektr tarmoqlariga 85,7 ming kilovatt•soat energiya uzatilgan.

Xo‘jalik isteʼmolini kamaytirish bo‘yicha tasdiqlangan energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha podstansiya va bino-inshootlarda masʼul shaxslar tayinlanib, bajarilishi ustidan 5 kunlik nazorat o‘rnatilgan.

 

 

 

 

‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

 

Yuridik va joylashuv manzili: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo ko'chasi, 42-uy. Mo‘ljal “Minor” metro bekati.

Telefon: +998 71- 236-6035 (Axborot xizmati)

Telefon: +998 55 500-5545 (Ishonch telefoni- Call sentr,  9:00 dan 18:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)

Telefon: +998 71-208-5622 (Boshqaruv raisi yordamchisi)

Devonxona: +998 71-236-6226 (Kanselyariya, faqat rasmiy xatlar yuzasidan)

Fuqarolar murojaatlari uchun: +998 55-503-1392.

«O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641

E-mailinfo@uzbekistonmet.uz

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>