❗️ Chang bo'ronlariga qarshi kurashish bo'yicha milliy dastur tasdiqlandi
“Chang bo'ronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-338-son, 24.09.2024 y.) qabul qilindi
► Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida chang bo'ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish bo'yicha 2024–2030 yillarga mo'ljallangan milliy dastur tasdiqlandi.
⇔ Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:
♦ chang va qum bo'ronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilg'or texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;
♦ 2028-yilgacha kuchli chang bo'ronlari hosil bo'lish sur'atlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish.
⇔ 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni o'rnatish ishlari boshlanadi.
2026-yil 1-yanvardan Toshkentda o'rnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik ma'lumotlar e'lon qilib boriladi.
▶️ Manba
❗️Yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
⚡️ Qarorga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.
2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
⚠️ Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan ko'mir yoqilg'isining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatiladi hamda bunday uskunalarni o'rnatish uchun issiqxona xo'jaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi.
2025–2030-yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog'” va “yashil bog'lar” tashkil qilinadi.
2028-yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg'isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.
▶️ Manba
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati