Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «1154 qisqa raqamiga 7:06 da murojaat qoldirdim. Hozir 9:10 daqiqa o‘tdi, lekin hali ham “sevet” yo‘q...»
  • 02.10.2024
  • 68

Murojaat egasi: G‘ofurov Johongir Ahad o‘g‘li, Toshkent viloyati.

Elektron pochta: johongir8166@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Toshkent tumani, “Oqtom” mahalla fuqarolari yig‘inida turaman. Bizda tez-tez elektr uzilishlari kuzatilmoqda. Bugun ham 01.10.2024 yil kuni soat 6:50 da “sevet” o‘chdi. 1154 qisqa raqamga 7:06 da murojat qoldirdim. Hozir 9:10 daqiqa o‘tdi, lekin hali ham “sevet” yo‘q. Kim nazorat qiladi buni? Deyarli har kuni “sevet” o‘chadi! Bizning qarzdorligimiz yo‘q.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Johongir Ahad o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi xalqaro tranziti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Siz Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligiga 1159 qisqa raqamlari orqali bog‘lanib, shikoyat qilishingiz mumkin. Murojaatda ko‘tarilgan masala, katta ehtimol bilan, mahallangizga o‘rnatilgan transformator ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani, yaʼni meʼyordan ortiq isteʼmolchilar ulangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va, bu taxmin to‘g‘ri bo‘lsa, mutaxassislar elektr uskuna va jihozlarini amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiq sozlab berishadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>