Yangiliklar
2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi
  • 27.09.2024
  • 132

❗️Suxxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vaziri mutasaddilari ishtirokida, “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyada qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

2024-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyuldagi 2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yirik avariyalarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida 3-son buyrug‘i, shuningdek, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining  2024-yil 10-iyuldagi 8-son buyrug‘i asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan foto-video tasvirlar joriy yilning 25–26-sentabr kunlari “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davomida arxivga muhrlangan.

2024–2025-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazisdan manfaatdor barcha tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirda magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarinig kasbiy malakasi, faqulodda holatlardagi tezkor harakati, avariyani bartaraf etish ko‘nikmalari atroflicha tahlil etildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati, xususan “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasiga minnatdorlik bldirdi.

Shuningdek, Faqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari filialini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi, zaxiralarni joylashtirib ko‘rsatishi, o‘quv nuqtalarida kameralarning to‘g‘ri joylashtirilishi (onlayn va oflayn), xodimlarining xatti-harakatlarini o‘z mutaxassisliklari yo‘nalishida (elektromontyor, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i xizmati, balandlikda ish bajaradigan xodimlar) bilim-salohiyatga ega ekanini “o‘rnak” qilib ko‘rsatib, mavsumga tayyorgarlik borasida bajarilgan ishlarga ijobiy xulosalar berishdi.

“Surxondaryo MET” filiali tasarrufidagi 500 kV li “Surxon” podstansiyasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda Bosh vazir — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyuldagi 3-son buyrug‘i talablari to‘liq o‘rganilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>