✳️ Qonunchilikka ko'ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e'tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etilishi belgilangan:
♦ ushbu qurilmalar bo'yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo'yicha — foyda solig'ini;
♦ uy-joy fondining ko'chmas mulk obyektlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini.
⚠️ Agar quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo'lmagan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o'rnatilgan bo'lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari 10 yil muddatga qo'llaniladi.
▶️ Manba
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati