«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda Qarshi shahridagi 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya loyihasi bo‘yicha yangi o‘rnatilgan LR-L-Shahrisabz-110 kV tarmoq ajratgichining montaj ishlarini xavfsiz bajarish uchun 2024 yil 8 sentyabr kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha L-Shahrisabz-110 kV elektr uzatish tarmog‘i vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.
⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati