Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib qaytdilar
  • 27.08.2024
  • 123

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari xorijda malaka oshirib, yangi texnologiyalar hamda zamonaviy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etib kelmoqdalar.

Misol uchun, yaqinda Germaniyaning “Fraunhofer energy economics and energy system technology (IEE)” instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yashil vodorod va PtX ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy taʼsirlarini” hamda “Energetika tizimini modellashtirish, tahlil qilish va optimallashtirish uchun ochiq manba hisoblangan PandaPower dasturiy taʼminotidan tarmoqni rejalashtirishda foydalanish” mavzularidagi o‘quv treiningda “O‘zbekiston MET” AJ ning 7 nafar mutaxassisdan iborat delegatsiyasi ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar doirasida “yashil vodorod” ishlab chiqarishda energetika tizimidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi, tarkibi hamda “yashil vodorod”dan energiyani saqlash vositasi sifatida foydalanishning imkoniyatlari va istiqbollari haqida o‘rganildi.

Bundan tashqari, energetika tizimini modellashtirish, tizimdagi quvvat oqimlarini optimallash hamda tahlil qilish uchun ochiq manba hisoblangan PandaPower dasturiy taʼminotidan foydalanish bo‘yicha dastlabki tushunchalar berildi.

Germaniyada orttirilgan tajriba mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etilayotgan “yashil energiya” manbalariga oid loyihalar, jumladan “yashil vodorod” ishlab chiqarishda energetika tizimidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishda zarur bo‘ladi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>