Kasaba uyushmasi
Xorazmlik energetiklar va ularning oila aʼzolari Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi
  • 26.08.2024
  • 37

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Samarqand shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 36 nafar xorazmlik energetiklar va oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

 

Facebook  ‖ InstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>