Yangiliklar
Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.
  • 09.08.2024
  • 39

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.

Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

✔️Shuningdek, u yoqilg‘i-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

♦ davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

♦ energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.

Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati O‘zenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/12435

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>