O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyuldagi 2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldingi olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida 3-son buyrug‘i, shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 10-iyuldagi 8-son buyrug‘i asosida joriy yilning 7-avgust sanasida Jizzax viloyatida o‘tkazilgan taktik-o‘quv mashg‘ulotlarida «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “DNS-2” podstansiyasida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida bo‘lib o‘tgan amaliy o‘quv mashg‘ulotida faol qatnashib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan filial kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati