Yangiliklar
«Qoraqalpog‘iston MET» filiali Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi
  • 01.08.2024
  • 139

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024 yil 8 iyuldagi 2025–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldingi olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida 3-son buyrug‘i, shuiningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 10 iyuldagi 8-son buyrug‘i asosida joriy yilning 29 iyul sanasidan 3 avgust sanasigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida o‘tkazilgan taktik-o‘quv mashg‘ulotlarida «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» va «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiallari tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Beruniy” hamda 220 kuchlanishli “Xorazm”  podstansiyalarida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish mavzusida joriy yilning 31 iyul kuni 220 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasida bo‘lib o‘tgan amaliy o‘quv mashg‘ulotida faol qatnashib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan filial kuz-qish mavsumiga “tayyor” deb baholandi.

✍️ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>