Yangiliklar
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
  • 31.07.2024
  • 99

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ томонидан янги “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil  31 iyul soat 23:50dan 5 avgust  soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan  ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

Manba: https://t.me/hetmuloqot/17135

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>