«O‘zbekiston–24» radiokanalida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov Aksiyadorlik jamiyatining 2024/2025-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi hamda 2024-yilning 1-yarimyilligida bajarilgan ishlari yuzasidan hisoboti eʼlon qilindi.
▶️ Batafsil
Shuningdek, radiodasturda elektr uzatish havo tarmoqlarida inson omili bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda o‘chishlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan tushuntirish hamda profilaktika ishlari xususida axborot berildi.
Radioboshlovchi — Dilshod Bo‘riyev. Eshittirishni tayyorlagan jurnalist — Nilufar Ahmedova.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati