“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 110, 220, 500 kilovolt kuchlanishli 89 ta podstansiya va 12 250 kilometr elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiya qilinadi.
2023/2024-yilgi kuz-qish mavsumida yuzaga kelgan murakkablik va nuqsonlar hamda elektr qurilmalarining mavjud holatidan kelib chiqib, “O‘zbekiston MET” AJning 2024–2025-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Mavsumda elektr qurimalarini barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida umumiy quvvati 736 megavolt•amper bo‘lgan 9 dona kuch transformatori, 31 dona 110–220–500 kilovolt kuchlanishli o‘chirgich, 4 dona kompressor qurilmasi va 848 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va jami 304 dona transformator va avtotransformator, 1 643 dona o‘chirgich, 12 dona havo kompressori hamda 5 451 kilometr uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.
2024-yil 1-iyul holatiga, rejaga asosan 477,5 kilometr (davriy rejaga nisbatan 145 foiz) uzunlikdagi elektr tarmoqlar, 7 dona transformator (140 foiz), 4 dona kompressor (133 foiz) va 24 dona o‘chirgich (100 foiz) mukammal hamda 3946,0 kilometr elektr uzatish tarmoqlari (davriy rejaga nisbatan 103 foiz), 243 ta transformator (105 foiz), 1309 ta o‘chirgich (108 foiz) va 12 ta kompressor qurilmasi (100 foiz) joriy taʼmirlandi.
Joriy yil 1-oktyabrga qadar 2 dona kuch transformatori, 7 dona 110–500 kilovolt kuchlanishli o‘chirgich, va 371 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida mukammal taʼmirlash, shu bilan birga, 61 dona transformator va avtotransformator, 334 dona o‘chirgich hamda 1 505 kilometr uzunlikdagi 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi.
Bundan tashqari, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini bajarish davomida, transformatorlarning sovutish tizimidagi 113 ta dvigatel taʼmirlandi va 66 ta yangi dvigatel o‘rnatildi.
220–500 kilovolt kuchlanishli 12 226 kilometr elektr tarmog‘i navbatdan tashqari va davriy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda 721 ta qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar, 6000 tadan ziyod izolyator o‘rnatildi, chaqmoqqa qarshi trosslar va kontur yerlagichlar sozligi tekshirildi.
Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining 10 000 tadan ziyod kontakt birikmalari teplovizor qurilmalari yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi va 200 tadan ortiq aniqlangan qizishlar bartaraf qilinib, favqulodda holatlar oldi olindi.
Shuningdek, 500 kilovolt kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-507 va L-508 bo‘lgan liniyalar tayanchlarini tortib turuvchi “U” shaklidagi boltlar hamda fundamentlari ochib ko‘rildi. Nuqsoni aniqlangan “U” shaklidagi boltlar va fundamentlari almashtirilib tayanchlar mustahkamligi oshirildi.
Qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 500 kilovolt kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-503 va L-504 bo‘lgan liniyalar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, taʼmirlash ishlari olib borildi.
Avariyaviy holat sodir bo‘lganda, nosozlikni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, borish qiyin bo‘lgan tayanchlargacha (tog‘li, qir-adirli hududlarda) maxsus yo‘laklar barpo etildi.
Shuningdek, 2024/2025-yil kuz-qish mavsumida yuqori kuchlanishli podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 150 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 35 tonna turli rusumli simlar, 10 kilometr kabel mahsulotlari, 23 dona metall tayanch ustunlari, 26 dona temir-beton tayanch ustunlari, 10000 ta izolyator, 12 ta turli quvvatdagi transformatorlar zaxirasi yaratildi.
Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, shuningdek, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.
Mavsumiy ishlar uchun jami 147 ta avtotransport vositasi jalb etilgan. Shundan, 22 ta yuk ko‘tarish avtokrani, 70 ta brigada avtotransporti, 30 ta ko‘tarish moslamasi, 17 ta texnik-muhandislik laboratoriya brigadasi va 8 ta ekskovator shay holatga keltirildi.
Bundan tashqari, 110–220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan nazorat ko‘riklarining samaradorligini oshirish maqsadida o‘chuvchisiz uchish apparati — drondan foydalanish joriy etilgan.
Elektr uzatish havo tarmoqlarida inson omili bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda o‘chishlarning oldini olish maqsadida, magistral elektr liniyalarining muhofaza zonalarida yoki unga yaqin va tutash hududlarda joylashgan bug‘doy maydonlari biriktirilgan dehqon va fermer xo‘jalik rahbarlarini yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish, dalalarda yong‘in kelib chiqishi va uning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, yo‘l qo‘yilgan nojo‘ya harakatlar uchun amaldagi qonun hujjatlariga asosan javobgarlik mavjudligi to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantirildi.
Jumladan, jami 502 ta fermer va dehqon xo‘jaliklari ogohlantirilgan bo‘lib, shundan 103 tasi 500 kilovolt kuchlanishli, 338 tasi 220 kilovolt kuchlanishli, 61 tasi 110 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari muhofaza zonasiga to‘g‘ri keladi.
Hurmatli isteʼmolchilar!
Batafsil maʼlumotlar bilan Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
‖ YouTube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/45360
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati