Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Aziz fuqarolar, eʼtiborli bo‘ling!
  • 17.07.2024
  • 226

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining muhofaza zonalarida yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etmaslik so‘raladi.
 
Eslatib o‘tamiz, Qarorning 2-bob, 15-bandida:
 
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish; d) axlatxonalarni joylashtirish taqiqlanadi, deb yozilgan.
 
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining muhofaza zonasiga tushgan yoki tutash bo‘lgan yer (ekin) maydonidan foydalanayotgan fuqarolarga (yuridik va jismoniy shaxs vakillariga) OGOHLANTIRISH XATI taqdim etilayotgani aks etgan.

Hududlarda tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Facebook  ‖ YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>