Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «O‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘m va may oyida esa 11798103,90 so‘m farq qilayotgani aniqlandi...»
  • 05.07.2024
  • 180

Murojaat egasi: Fatxiddinov Zuxriddin Solidjanovich, «OROM YOA» MCHJ.

Elektron pochta: aaa@gmail.com

Murojaat mazmuni: Namangan viloyati, Pop tumani elektr taʼminoti korxonasi “POP TET” (00008 — Pop tuman elektr taʼminoti korxonasi) bosh hisobchisi Turg‘unov Botirjon tomonidan 2024-yilning aprel-may oylarida didox.uz sayti orqali elektron yuborilgan schyot-fakturalarining 01.07.2024-yil holatiga o‘zaro solishtirma dalolatnomaga asosan solishtirilganda, 2024-yilning aprel oyida 889585,20 so‘mga va may oyida 11798103,90 so‘mga farq qilayotganligi aniqlandi. Va og‘zaki murojaat bilan ushbu farqni to‘g‘rilab berishlarini Turg‘unov Botirjonga iltimos qilib aytilganda, “ertaga-indinga to‘g‘rilaymiz”, deb o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib, tadbirkorga moddiy zarar keltirib kelmoqda.

Bu bilan Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024-yildagi 319-sonli qarori 1-ilovasi, 12-bobiga muvofiq elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibining 88-bandini, yaʼni har oyning 10-sanasigacha o‘tgan oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun to‘liq — 100 foizlik oldindan to‘lovimizda ushbu farq summasiga nisbatan to‘lov qobiliyatimiz yetmasligi sababli elektr energiya tarmoqdan uzilishiga va faoliyatimiz maʼlum bir muddatga to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, ushbu yuqoridagi keltirib o‘tilgan masala bo‘yicha, qonunda belgilangan tartibda amaliy yordam berishingizni iltimos qilamiz.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Zuxriddin Solidjanovich hamda «OROM YOA» MCHJ rahbariyati va jamoasi, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Shuningdek, hurmatli fuqaro, Siz Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>