❗️Eʼtiborli bo‘ling!
AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTEʼMOLCHILAR!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroridan:
2-bob, 15-band: Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni joylashtirish;
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;
g) ... ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;
d) axlatxonalarni joylashtirish;
ye) ... yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
▶️ Batafsil
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati