Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari uchuvchisiz apparat (dron) yordamida nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 27.06.2024
  • 88

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 6 iyuldagi PQ–307-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022–2023 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar ro‘yxati”ning 261-bandida tanlov asosida tashabbuskor mablag‘lari hisobiga magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish jarayonida tajriba tariqasida uchuvchisiz qurilmalardan (dron) foydalanish belgilangan.

Uchuvchisiz uchadigan qurilma (dron) — 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari o‘tgan murakkab relyefli hududlarini nazorat ko‘rikdan o‘tkazish, avariya holatlari yuz berganda qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini aniqlash va boshqa texnik-muhandislik hamda loyihalashtirish ishlarida foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>