Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarga qarshi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda
  • 27.06.2024
  • 121

⚡️ Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlarining barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslar safarbar etigan. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov topshirig‘iga ko‘ra 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlar belgilangan tartibda nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda bartaraf etilmoqda.

⚡️ Shu bilan birga, elektr uzatish tarmoqlarida avariyaviy holatlarga qarshi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar ham davom ettirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan fotolavhalarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 500 kVli liniyada o‘tkazilgan tungi mashg’ulotlar hamda 220 kVli elektr tarmog‘ida amalga oshirilgan ta’mirlash-sozlash ishlari aks etgan.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>