Yangiliklar
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
  • 26.06.2024
  • 53

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Taypatov Abdijalol Gapparovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri

Temirov Sobirjon G‘ulamovich - Beshariq tumani «Beshariq tongi» gazetasi bosh muharriri, Farg‘ona viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdusamatova Mukaddas Salixovna - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist

Beknazarova Saodat Uzbekovna - «Ovozi tojik» gazetasi katta muxbiri

Djurayeva Dilfuza Djangirovna - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, publitsist, Surxondaryo viloyati

Klyatskiy Grigoriy Nikolayevich - «Ishonch-Doveriye» gazetasi bo‘lim muharriri

Levchenko Sergey Vladimirovich - «Narodnoye slovo» gazetasi bo‘lim muharriri

Nugmanov Ravshan Yakubdjanovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Toshkent radioeshittirish uyi ovoz yozish xizmati rejissyori

Ochilov Qudrat Mengliyevich - «Bir safda» jurnali mas’ul kotibi

Paluanova Mnayim Pirnazarovna - «Nukus-Sayahat» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «Jaslar-TV» telekanali va «Nukus-FM» radiosi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Sodikov Ikrom Mamadaliyevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari

Toxirov Xalimjon Turgunovich - «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyatining «Andijonnoma.uz» internet nashri muharriri

Xakimov Talip Adilovich - Nurafshon shahri «Mash’al» gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Boymirzayeva Saodat Urakovna - O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining matbuot kotibi

Muminov Fayzullo Abdullayevich - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professori

Xasanova Zaxro Tulkunovna - «Gulxan» jurnali bosh muharriri

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Imomxo‘jayev Zafar Axbarovich - O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abduraximov Muslimbek Fozil o‘g‘li - «Zo‘r TV» telekanalining «Bu kun» informatsion dasturi rahbari

 

«Shuhrat» medali bilan

Abdukadirov Dilshod Axmedjanovich - «Kun.uz» internet nashri bosh muharriri

Abduraxmanova Feruza Abduganiyevna - «Mening yurtim» telekanali boshlovchisi

Abidov Aziz Agzamovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i – matbuot kotibi

Alimuxamedov Tuygun Vaxabovich - «O‘zbekiston ko‘zi ojizlar bosmaxonasi» davlat unitar korxonasi muqovalovchisi

Bazarov Baxriddin Xaydarovich - «Akademnashr NMM» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh rassomi

Bayturayeva Guljamal Orinbasarovna - «Nurli jol» gazetasi bo‘lim mudiri

Voxidova Nozima Raximovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma'rifat telekanali» davlat muassasasi kino-videomahsulotlar va tezkor dublyaj muharririyati katta muharriri

Gulyamova Dilfuza Izzatovna - «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyatining Navoiy viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri

Djamalov Kaxramon Djumayevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali muharrirlar guruhi bosh muharriri

Djumaboyeva Raxima Mustafayevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi katta muharriri

Zokirova Tursuntosh Normurodovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muxbiri

Inoyatova Nazira Saypullayevna - «Avtoradio» radiosi dasturlar bo‘yicha direktori va efir boshlovchisi

Klichbayev Abatbay Reimbayevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari

Matchanova Intizor Jumaboyevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri

Murotova Muslima Kamolidinovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» radiokanali rejissyorlar guruhi suxandoni

Niyazov Norbek Ramazanovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston  24» telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri

Pirnafasova Muhayyo Rustamovna - «Jadid» gazetasi adabiy muharriri

Saidov Sherodil Xudayberdiyevich - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining chop etish sexi ustasi

Sulaymanova Aliya Ismailovna - «Darakchi.uz» internet nashri bosh muharriri

Sulaymonov Shodmon Sultonovich - «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati

Shamsiddinov Yolqin Xakimovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi

Eshonqulov Zamon Asrorovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi maxsus muxbiri

Yusupov Ahmad Mengnimuratovich - «Daryo.uz» internet nashri bosh muharriri

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

 

Manba: https://president.uz/oz/lists/view/7347

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>