Yoshlar siyosati
30-iyun — Yoshlar kuni: Faxriy energetiklar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda
  • 25.06.2024
  • 162

 2024-yilning iyun oyi Respublikamizda “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingani bois «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali yoshlari ishtirokida turli mavzudagi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

⚡️ Misol uchun, navbatdagi uchrashuvda energetika tizimda o‘z mehnat faoliyatini samarali o‘tab, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mutaxassis ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, shuningdek, yoshlarga oid siyosat borasida respublikamizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, faxriy energetikning hayotiy tajribalaridan suhbatlar tinglandi.

Bundan tashqari, “Toshkent MET” filiali tomonidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning shahmat, shashka va tennis turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Veb-sahifaFacebookYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>