Uchrashuvda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori B.T.Obidov so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish hamda yosh energetiklarning kasbiy malakasini oshirish yuzasidan tavsiyalar berib, ularni texnik-muhandislik yo‘nalishida yangi g‘oyalar, innovatsiyon ishlanmalar yaratishga chaqirdi. Shu bilan birga, yoshlarning mavjud muammolariga yechim topish, ularni ijobiy hal qilishga oid savol-javoblardan iborat davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Filial yoshlari yetakchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisida PF-37-son farmoni 85-bandi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati