Yangiliklar
Yangihayot tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi
  • 23.06.2024
  • 152

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chortoq” MFY hududida yashovchi fuqaro O.K. o‘z uyining yerto‘lasida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11884

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>