Yangiliklar
Inflyuyenser, bloger va OAV bilan ishlash; ular uchun press-tadbirlar tashkil qilish; Feedback tajribasi - panel sessiya sarhisobi
  • 22.06.2024
  • 51

Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun navbatdagi Media-forum doirasidagi sessiyalar boshlandi.

“Sifatli media kontent yaratishda axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalarining samarali hamkorlik mexanizmlari (ijtimoiy va kommunal soha, kommunikatsiya) yo‘nalishidagi panel sessiyada AOKA axborot xizmati rahbari N.Karimova hamda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi A.Burxanov taqdimotlarida ommaviy axborot vositalari, bloger va inflyuyenserlar bilan ishlash sirlari haqida maʼlumot berishdi.

Xususan, maqsadli auditoriya uchun sifatli kontent berishda ko‘proq kimning xizmatlariga tayanish mumkinligi, tanqidlardan himoyalanish usullari, qaysi ijtimoiy tarmoqlarda qanday toifadagi obunachilar bo‘lishi yuzasidan tahliliy statistika taqdim etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari N.Abduqunduzova va “O‘zarxiv” agentligi matbuot kotibi A.Aliyev OAV uchun press-tadbirlar tashkil qilish: zamonaviy formatdagi yangi yondashuvlar borasida tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi D.Sobirova “Feedback - jamoatchilikning fikr-mulohaza va murojaatlari bilan ishlash tajribasi” mavzusida amaliy ko‘rgazmalar bilan batafsil maʼlumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, parallel ravishda ikkita panel sessiya ish olib bormoqda.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/44734

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>