Yangiliklar
Anʼanaviy IV “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusidagi Milliy konferensiya o‘z ishini boshladi
  • 21.06.2024
  • 35

Joriy yilning 21-22-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun  navbatdagi Milliy konferensiya va Media-forum bo‘lib o‘tadi.

AOKA tashabbusiga ko‘ra 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan har yili tashkil etiladigan mazkur tadbir NKMK bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Tadbirda 130 ziyod matbuot kotiblari ishtirok etmoqda.

AOKA direktori A.Xodjayev Milliy konferensiya ishtirokchilarini kasb bayrami hamda Media-forum ochilishi bilan qutlar ekan, axborot xizmatlari faoliyatini global o‘zgarishlarga muvofiqlashib borishida, islohotlar bilan yonma-yon qadam tashlab borishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati yuqoriligini taʼkidladi.

2022-2023-yillarda sunʼiy intellekt mavzusi matbuot kotiblari prezentatsiyalarida nou-xau sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu barchamizning kundalik faoliyatimizdagi muhim instrumentga aylandi. Shu bilan birga, ish uslubimizni takomillashtirishga oid yangi talablar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Endilikda biz sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan feyk va dipfeyklar, zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan firibgarliklarlar bilan kurashishni o‘rganishimiz, aholini mediasavodxonligini oshirishimiz zarur, dedi A. Xodjayev so‘zi davomida.

Agentlik direktori, shuningdek, nutqida axborot xizmatlari faoliyatida kuzatilayotgan yutuqlar, shu bilan birga ayrim kamchiliklar haqida ham to‘xtalib, matbuot kotiblarining ishlari doimiy jamoatchilik faollari kuzatuvida-nazoratida ekanligi taʼkidladi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda matbuot kotiblari faqat ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan tanqidlar bilan ishlayotgani, jurnalistlarning so‘rovlari, murojaatlariga yetarli eʼtibor bermayotganidan nolishmoqda.
Ekspertlar puliga ega bo‘lgan matbuot kotibi har qanday vaziyatda OAV uchun mutaxassis topish muammosidan xalos bo‘ladi, A.Xodjayev

Milliy konferensiya axborot xizmatlari faoliyatida muhim ahamiyatga ega mavzu va yo‘nalishlardagi panel sessiyalarda davom etadi.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/44708

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>