Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF–199-son farmoniga muvofiq, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining tegishli buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida 5 gektar yer maydoniga 20 ming dona terak ko‘chati o‘tqazish va ko‘chatlarni agrotexnik parvarishlash orqali «Yashil belbog‘» bog‘i tashkil etilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ajratilgan yer maydoni yirik avtotransport yo’li yoqasida joylashgan bo‘lib, bog‘ning ekologik va estetik ahamiyati yuqori.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasini yana-da ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida «Yashil belbog‘»lar barpo etilishi belgilab berilgan.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati