Yangiliklar
Bosh prokuratura: Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosiga oid o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
  • 08.06.2024
  • 54

Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 7 - 8-iyun kunlari Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida 2024-yilning 5 oyida amalga oshirilgan faoliyat natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Xususan, o‘quv dasturining birinchi kunida bo‘lim boshliqlari va ixtisoslashtirilgan prokurorlarga Energetika vazirligida “Raqamli energonazorat” dasturiy taʼminoti imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJda “Ye-kon” va “Ye-burg‘ulash”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlarida “ASKUE” va “ASKUG” avtomatlashtirilgan markazlar faoliyati yaqindan tanishtirilib, sohadagi so‘nggi islohotlar to‘g‘risida o‘quv   seminarlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, O‘zenergoinspeksiyada davlat nazoratini o‘rnatish borasida so‘ngi islohotlar, shu jumladan yangi tahrirda tasdiqlangan Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha qoidalarning mazmun - mohiyati mutaxassislar tomonidan tushuntirib berildi.

Dasturning ikkinchi kunida mahkamaning Yoqilg‘i - energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi xodimlari, quyi prokuraturalarning sohaga masʼul bo‘lim boshliqlari va ixtisoslashtirilgan prokurorlar ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda bo‘lim boshliqlarining hisobotlari va bildirgan takliflari atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 

 

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/42934

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>