Yangiliklar
XALQARO TAJRIBANI O‘RGANISH JARAYONI: «Zavod TATKABEL» — Rossiyadagi kabel mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik zavodlardan biri
  • 31.05.2024
  • 168

Maʼlumki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har bir javhasida bo‘lgani kabi energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida ham xalqaro tajribani o‘rganish muhim sanaladi. Ayniqsa, elektr tarmoqlari va podstansiyalarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ekspluatatsiya jarayonlarida (taʼmirlash-sozlash) yangi ishlanmalar, innovatsion dasturlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish — energetiklar oldida turgan bugungi kun talablaridan biri.

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining bir qancha energetika tizim korxonalariga tashrif buyurib, ularning innovatsion ishlanmalari bilan tanishgan holda o‘zaro bilim-tajriba almashmoqda.  

⇒ Eʼtiboringizga Rossiya Federatsiyasidagi yirik kabel zavodining taraqqiyot tarixi va ishlab chiqarish bosqichlariga oid maʼlumotlarni taqdim etamiz:

♦ 2009-yil — zavod binosining qurilishi, uskunalarni o‘rnatish;

♦ 2010-yil — 3 kV gacha bo‘lgan past kuchlanishli, galogenlar miqdori kam bo‘lgan va yonish hamda kuyishga moyilligi kam bo‘lgan, shu jumladan, yong‘inga chidamli bo‘lgan kabellar ishlab chiqarish boshlandi. 2010-yil noyabr oyida 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqg‘i kabelning birinchi namunasi sinovdan o‘tkazildi;

♦ 2011-yil — Rossiyada birinchi marta 330 kV kuchlanishli, ko‘ndalang kesim sig‘imi 2000 millimetr\kvadratga ega kabel mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi. Shuningdek, zavodning sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2008 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi. Korxona mahsulotlaridan Moskva shahrining elektr tarmoqlarida keng foydalanishga kelishib olindi;

♦ 2013-yil — zavod Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Jahon yozgi Universiadasi obyektlarini kabel mahsulotlari bilan taʼminlagan;

♦ 2014-yil — Sochidagi XXII qishki Olimpiya o‘yinlari obyektlarini kabel mahsulotlari bilan taʼminlashga erishilgan. Hayotiy sinov natijalari CENELICHD 620 va STO K186-002-2010 standartlariga muvofiqligi, 10 dan 35 kV gacha bo‘lgan nominal kuchlanish uchun kabellar ishonchliligi (sifati) tasdiqlangan;

♦ 2016-yil — 6–35 kV kuchlanishli o‘rta kuchlanishli, galogenlar miqdori kam bo‘lgan va yonish hamda kuyishga moyilligi kam bo‘lgan kabel mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, 500 kV kuchlanishli kabellar ishlab chiqarish boshlangan;

♦ 2018-yil — Zavodga ““NOVATEK” kompaniyasi tomonidan malakalangan” degan maqom (nufuz) berilgan;

♦ 2019-yil — 6–10 kV kuchlanishli etilen-propilen rezina izolyatsiyali elektr kabellarining dastlabki namunalari ishlab chiqarilgan;

♦ 2021-yil — Etilen-propilen izolyatsiyali kabel ishlab chiqarish jarayoni boshlangan. 500 kV kuchlanishli va ko‘ndalang kesimi 2500 millimetr\kvadratgacha bo‘lgan kabel mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;

♦ 2022-yil — Zavod 0,66 dan tortib 500 kV kuchlanishli elektr kabellarigacha barcha assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarila boshlangan.

♦ 2023-yil — «TATKABEL zavodi» Rossiyadagi taniqli «Elektr kabellari uyushmasi» aʼzosiga aylangan. Zavod ekspertlari Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlaridagi qalbaki kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda.

zavod-tatcable.ru veb-sayti maʼlumotlaridan foydalanildi.

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>