Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlari
  • 29.05.2024
  • 103

Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mukammal va joriy taʼmir ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, magistral elektr tarmoqlarida rejaviy nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, 110–220–500 kV kuchlanishli liniyalarning tayanch ustunlarining mustahkamligi, ulanmalarning, izolyatorlarning va qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalarning sozligi taʼminlanmoqda.

⚡️ Misol uchun, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalari xizmati xodimlari Qirg‘iziston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-Foton , L-Fozilmon va L-KrYu elektr tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Bundan tashqari, 500 kV kuchlanishli L-504 liniyasining 116–138-sonli tayanchlari orasida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

✍️  «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>