Yangiliklar
2-kun: Toshkentda Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
  • 23.05.2024
  • 146

Bugun, 2024-yil 23-may kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Markaziy Osiyo energetika tizimlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan kompleks foydalanishni taʼminlash, energetika sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.

Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 41-yig‘ilishi raisi hamda moderatori — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov.

Shuningdek, elektr energetika sohasi rahbarlari yig‘ilishining kun tartibidan 2024-yilning vegetatsiya davrida suv resurslarini samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, energiya taqchilligi va yirik avariyalarning oldini olish, hamkorlikning istiqbolli rejalari, 2024\2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari va mavjud muammolarning yechimlari tahlil qilinib, atroflicha muhokama etilmoqda.

Shu bilan birga, elektr energetika tarmog‘i dispetcherlari hamda mutaxassislarining dispetcherlik jadvaliga rioya qilish, navbatchi xodimlar va dispetcherlarning malakasini oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, soha mutaxassislari o‘rtasida mashg‘ulotlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>