Avval xabar berganimizdek, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 43-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Kun tartibidagi masalalarga muvofiq dastlab 2024-yil vegetatsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligining sug‘orish mavsumida Markaziy Osiyoda mavjud suv resurslarini samarali boshqarish masalalari muhokama etilmoqda.
Navbardagi mavzu 2024\2025-yil kuz-qish mavsumida kutilayotgan muammolar va ularning yechimlari, bundan tashqari, mintaqada qurilayotgan yangi energiya bloklari (stansiyalar), qayta tiklanuvchi energiya manbalarini Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimiga ulash va ularda oqilona foydalanish masalalari muhokama etilmoqda.
✔️ Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbirda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston elektr energetika tashkilotlari vakillari ishtirok etimoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida qatnashmoqdalar.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati