OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun zarur amaliyotlar tahlil etiladi
  • 21.05.2024
  • 112

Ertaga Toshkent shahrida O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlari elektr energetika mutaxassislari ishtirokidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshlaydi. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari xalqaro tadbir kuzatuvchisi maqomida qatnashadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mezbonlik qilayotgan mazkur tadbirda Markaziy Osiyo mintaqasida 2023/2024-yil kuz-qish mavsumining sarhisobi, mavsumda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi.  

“O‘zMET” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, 2024/2025-yil kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun zarur amaliyotlar, kaskadli o‘chishlarning oldini olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energetika tarmog‘iga ulash va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, shuningdek, 2024-yil vegetatsiya davrida suv resurslarini gidroinshootlar orqali oqilona boshqarish, ya’ni mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama markazida bo‘lishi kutilmoqda. 

Xalqaro tadbir 23-may kuni o‘z ishini yakunlaydi.   

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Manba: https://uza.uz/oz/posts/elektr-taminoti-barqarorligini-taminlash-uchun-zarur-amaliyotlar-tahlil-etiladi_600502

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>