Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! Qurilish-montaj ishlarni xavfsiz bajarish uchun 6 ta 35 kV kuchlanishli liniyalar vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi
  • 15.05.2024
  • 191

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda Qarshi shahridagi 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Modernizatsiya dasturiga muvofiq yangi o‘rnatilgan 200 MVA quvvatli T-5 transformatorini ishga tushirish maqsadida 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasiga o‘rnatilgan  V-T5-110 kV yacheykasiga (oshinovka) simlarini tortish ishlarini xavfsiz bajarish uchun:

2024-yil 15-may kuni soat 22:00 dan 16-may kuni soat 06:00 gacha (isteʼmol hajmi keskin pasaygan tungi soatlarda) texnik-muhandislik nomi L-Janubiy-1-35, L-Janubiy-2-35, L-Xonobod-35, L-Do‘stlik-35, L-Qoraxitoy-35 va L-Shimoliy-35 bo‘lgan liniyalar vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.

⚡️ Zaruriyat tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

 

Facebook  ‖ InstagramYouTube

«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>