O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabr kunidagi PQ-3284-sonli «Jahon Banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Andijon viloyatida joylashgan «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi podstansiyalarni, ya’ni 1-bosqich modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 500/220/10 kV kuchlanishli “Lochin” podstansiyasida olib borildi.
“Lochin” podstansiyasida shu kunga qadar:
♦ Modernizatsiya dasturi doirasida 5 dona 500 kV kuchlanishli va 12 dona 220 kV kuchlanishli havoli o‘chirgichlar o‘rniga zamonaviy elegaz o‘chirgichlar o‘rnatildi;
♦ 2 dona 500 kV kuchlanishli ajratkich va 11 dona 220 kV kuchlanishli ajratkichlar almashtirildi;
♦ 3 dona 500 kV kuchlanishli tok transformatori hamda 21 dona 220 kV kuchlanishli tok transformatorlari almashtirildi;
♦ 6 dona 500 kV (OPN) razryadniklar va 9 dona 220 kV (OPN) razryadniklar almashtirilib, ishga tushirildi.
Joriy yilning 11-may kuni 500/220/10 kV “Lochin” podstansiyasining quvvatini oshirish hamda aholini ishonchli elektr energiyasi bilan taminlash maqsadida mavjud AT-2 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirildi. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratildi. Hozirda podstansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 1302 MVA yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz: 2024yilning yakuniga qadar AT-1 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3 x 267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida podstansiyada qo‘shimcha 300 MVA quvvat yaratiladi. Ishlar yakunlangandan so‘ng podstansiyaning umumiy quvvati 1602 MVA ga yetkaziladi.
✍ Baxtiyorjon Obidov, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati