Yangiliklar
«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali: Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni tadbirlari
  • 08.05.2024
  • 157

“Inson qadri” ustuvor jamiyatda fuqarolarning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, hayoti va sog‘ligi, ish qobiliyatining saqlanishini ta’minlash masalalari hamisha dolzarbligicha qoladi.

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialida 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan haftalik chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, ma’muriy binoda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar, “Yuksak”, “Ozodlik”, “Keles” podstansiyalari hamda mexanizatsiya va avtotransport guruhi xodimlari bilan Rele himoyasi va avtomatika xizmati 1-toifali muhandisi Ochilov Kamol Istamovich, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Xodjamkuliyeva Narjemal Xamrakuliyevna, Texnika xavfsizligi va ishonchlilik guruhi yetakchi muhandisi Begmanov Dinmuhammad Maxsudovich, Xodimlarni jamlash va tayyorlash guruhi yetakchi mutaxassisi Nigmanova Zilolaxon Dilmuradovnalar ishtirokida Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus tadbirlar tashkil qilindi.

Unda xodimlar mehnat muhofazasida qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanliklari, ish beruvchiga qo‘yiladigan talablar birma-bir aytib o‘tilib, ish joyida yuzaga keladigan zararli va xavfli omillardan o‘zini qanday himoyalash mumkinligi misollar bilan tushuntirib berildi.

Texnika xavfsizligi va ishonchlilik guruhi yetakchi muhandisi Begmanov Dinmuhammad Maxsudovich 2024-yilda energetika sohasida yuz bergan barcha baxtsiz xodisalar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Xodimlarni ogohlikka hamda qoidalarga rioya qilishga  chaqirdi.

 

 

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>