Kasaba uyushmasi
«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
  • 26.04.2024
  • 27

Bugun «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘zbek xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud ayyomiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda shoir hayoti va ijodi, mehnat faoliyati, ijod naʼmunalari haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tadbir so‘nggida Muhammad Yusuf sheʼrlaridan namunalar o‘qildi.

Maʼlumot o‘rnida: Muhammad Yusuf 1954-yili 26-aprel kuni Andijonning Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tavallud topgan. U 1978-yilda Rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti)ni tamomlagan.

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti aʼzolari

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>