Yangiliklar
Elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish uchun reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinishi muhim ahamiyat ega
  • 23.04.2024
  • 241

Isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashi uchun reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanishi lozim.

2018-yil 5-sentabrdagi “Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatishda texnologik sarflarni kamaytirish hamda reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish “O‘zenergoinspeksiya” vakolatiga kiritilgan.

Unga ko‘ra reaktiv energiyasini kompensatsiya qilinishi bo‘yicha quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan (sanoat korxonalari va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi isteʼmolchilari) isteʼmolchilar uchun reaktiv quvvat kompensatsiyalanishi shart.

Yirik sanoat korxonalarida bu masala yana-da dolzarb sanaladi. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash tarmoqdan isteʼmol qilinadigan quvvatni kamaytirishning eng taʼsirchan va samarali usuli hisoblanadi.

U 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarning turi, quvvati, ulanish joyi va ishlash rejimini tanlash masalalarini o‘z ichiga oladi.

 

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/3959

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>