Barchamizga maʼlumki, energetika sohasida, xususan elektr energetika tarmog‘idayam ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi ««Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish» investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3284-sonli qarori ijrosi ta’minlanmoqda.
Qarorga ijrosi yuzasidan tasdiqlangan rejaviy dasturga asosan «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida ekspluatatsiyada foydalanib kelinayotgan va quvvati 200 MVA bo‘lgan 2 ta avtotransformatorning o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish maqsadida quvvati 250 MVA bo‘lgan 2 ta zamonaviy avtotransformatorga almashtirish (demontaj-montaj) jarayonida olingan suratlarni eʼtiboringizga taqdim etamiz.
Umumiy quvvati 250 megavolt•amper bo‘lgan zamonaviy avtotransformatorlarning birinchisini o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati