Kasaba uyushmasi
ENERGETIKLARNING FARZANDLARIGA O‘QUV QUROLLARI TAQDIM ETILISHI DAVOM ETTIRILMOQDA
  • 18.09.2020
  • 1242

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati olib borayotgan ko‘p ming sonli ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan 2020/2021-yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan 3 nafar va undan ko‘p maktab yoshidagi farzandlari bo‘lgan xodimlar ro‘yxati shakllantirilib, ishchi-xodimlarning birinchi sinfga boradigan bir nafar farzandiga o‘quv qurollari sovg‘a tarzida taqdim etilmoqda.

   «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi hisobidan ishchi-xodimlar 15 nafarining farzandlariga, jumladan 10 nafar birinchi sinfga borayotgan va 5 nafar kam taminlangan oilalar farzandlariga o‘quv qurollari tarqatildi.

  «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 11 nafar birinchi sinfga boradigan bolajonlarga o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

  

  «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 18 nafar xodimlarning farzandlariga maktab uchun 20 xil turdagi o‘quv qurollari tarqatildi.

  Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ ning 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 7.9-bandida “...darsliklar va o‘quv qurollari qiymatini qoplash uchun moddiy yordam ajratiladi”, deb belgilangan.

Batafsil ma'lumotlar uzbekistonmet.uz veb-sahifasida: http://uzbekistonmet.uz/uz/

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>