«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi hamda boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligida o‘tkazilayotgangan ishchi tartibdagi yig‘ilishlarda «Energetika sohasini raqamlashtirish: sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion ishlanmalar va ularning mavjud tizim faoliyati bilan integratsiyasi» mavzusidagi maʼlumotlar bilan tanishtirib borish anʼanasi davom ettirilmoqda.
⚡️ Ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bormoqda.
Shuningdek, yig‘ilishlarda 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqidagi fikr-mulohazalar tahlil etib borilmoqda.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati