O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyundagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘ZRQ-778-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi “Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 20-martdagi 63-sonli buyrug‘iga muvofiq tizim filiallari tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va idoraviy qorovul tarkibi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.
Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Magistral elektr tarmoqlari filiallari tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va qorovul tarkibi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining idoraviy qo‘riqlash xizmatiga oid me’yoriy hujjatlari hamda Aksiyadorlik jamiyatining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish yuzasidan Ishchi guruh tarkibi hamda xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvali tasdiqlangan.
⚡️ “Toshkent magistral elektr tarmoqlari”, “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiallari rahbarlari tizim filiallari tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va qorovul tarkibi xodimlarini bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish yuzasidan buyruqning ilovasida ko‘rsatilgan ishchi guruh a’zolari tarkibiga kiritilgan filial xodimlarini belgilangan muddatlarda xizmat safariga yuborilishi ta’minlandi.
Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati bekgilangan muddatda Jamiyat tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va qorovul tarkibi faoliyati yuzasidan soha bo‘yicha savolnomalar ishlab chiqish va Aksiyadorlik jamiyatining filiallari tasarrufidagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va qorovul tarkibi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilishi tashkil etildi.
Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan komissiya a’zolariga idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari va qorovul tarkibi xodimlarini joylarda attestatsiyadan o‘tkazish vaqtida videotasvirga, fotosuratlarga muhrlash uchun mutaxassis ajratilgan.
Aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallar rahbarlari, Komissiyaning samarali faoliyat yuritishi uchun, yetarli shart-sharoit va energetika obyektlarni o‘rganish uchun tashkiliy texnika, avtotransport bilan ta’minlasin, o‘rganilishi zarur bo‘lgan hujjatlar va boshqa ma’umotlarni o‘z vaqtida taqdim etish belgilangan.
E’tiboringizga taqdim etilayotgan foto-video tasvirlarda o‘tkazilgan tadbir jarayoni aks etgan.
✍️ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati