Yangiliklar
2023-yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,3 foizga bajarildi
  • 29.03.2024
  • 43

AOKAda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2023-yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2024-yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalari maʼlumot berdi.

2023-YILDAGI FAOLIYAT NATIJALARI

1. Elektr energiyasini uzatish bo‘yicha. 2023-yilda eksport ko‘rsatkichlari rejaga muvofiq bajarildi. Jumladan, Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti va elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi.

2. Eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi: 2023-yilda eksport ko‘rsatkichlari jami 100,8 mln dollar miqdorida bajarildi. Jumladan, Afg‘onistonga 91,2 mln dollar elektr energiyasi eksporti va 9,6 mln dollar miqdorida elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi.

3. Investitsiya dasturining ijrosi bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ–459-son qaroriga asosan Aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan umumiy qiymati 1 346,36 mln. dollarga teng bo‘lgan 17 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. 2023-yil davomida jami 165,74 mln. dollar miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, yaʼni shu mablag‘ hajmidagi ishlar amalga oshirilib, reja 104,39 foizga bajarildi. O‘sish surʼati 2022-yilga nisbatan 147,4 foizni tashkil etdi.

4. Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari: Modernizatsiya dasturi doirasida 7 ta podstansiyada 1452,3 MVA qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi. Jumladan, Farg‘ona viloyatidagi “Sokin” PS 200 MVA, Toshkent shahri “Yuksak” PS 75 MVA, Surxondaryo viloyati “Sherobod” PS 125 MVA, Qashqadaryo viloyati “Qarshi” PS 202,3 MVA, Toshkent viloyati “Chirchiq” PS 125 MVA, Andijon viloyati “Saroy” PS 125 MVA, Navoiy viloyati “Tomdi” podstansiyasida 600 MVA. Bundan tashqari, jami 309 ta kuch transformatori, 1716 ta 110–220–500 kV kuchlanishli o‘chirgichlar, 25 ta kompressor qurilmasi, 5900 km ziyod uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari mukammal va joriy taʼmirlandi, 11865 km uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari davriy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

5. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida: 2023-yilda 10 ta loyiha investor kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilinib, umumiy quvvati 1750 MVt yangi elektr stansiyalari qurilib ishga tushirildi. Ushbu elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini energotizimga uzatish uchun 46 km uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

6. Sarf-xarajatlarni qisqartirish: 2023-yilda 348,6 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ iqtisod qilindi, jumladan, investitsiya loyihalarini optimallashtirish hisobiga 288,0 mlrd so‘m, nosohaviy faoliyatlarni optimallashtirish hisobiga 29,3 mlrd so‘m, xarid shartnomalarini optimallashtirish hisobiga 19,1 mlrd so‘m, mablag‘larni iqtisod qilish hisobiga 4,7 mlrd so‘m, energiya va gaz resurslarini tejash hisobiga 6,5 mlrd so‘m, “Energiyamaxsusavto” tashkilotini filialga aylantirish hisobiga 1,0 mlrd so‘m iqtisod qilindi.

7. Yangi ish o‘rinlari: 2023-yilning yakuni bilan Aksiyadorlik jamiyati tizim korxonalarida 22 ta yangi ish o‘rni yaratildi va reja 200 foizga bajarildi.

2024-YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN DOLZARB VAZIFALAR

Birinchidan, magistral elektr tarmoqlari orqali 74,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasini uzatish kutilmoqda hamda 9150,0 ming kVt•soat miqdorida elektr energiyasi isteʼmolini iqtisod qilish rejalashtirilgan.

Ikkinchidan, 2024-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 1 915,7 mln dollarga teng bo‘lgan 23 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihalar doirasida 2024-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 430,6 mln dollar (2023 yil rejasiga nisbatan o‘sish surati 270,0 foiz) mablag‘ o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Jumladan:

Davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘laridan – 164,1 mln dollar (2023 yil tashqi qarz o‘zlashtirish rejasiga nisbatan o‘sish surati 178,4 foiz).

• To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 200,0 mln dollar.

• Korxona o‘z mablag‘laridan 62,2 mln dollar.

• Tijorat banklari kredit mablag‘lari – 4,3 mln dollar.

Uchinchidan, modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 3 ta podstansiyada jami 434 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilishi rejalashtirilgan, jumladan, Andijon viloyati “Lochin” podstansiyasida 300 MVA, Namangan viloyati “Sardor” podstansiyasida 100 MVA, Toshkent shahri “Quyliq” podstansiyasida 34 MVA.

To‘rtinchidan, magistral elektr tarmoqlarida umumiy quvvati 736 MVA bo‘lgan 9 dona kuch transformatori, 31 dona 110–220–500 kV kuchlanishli o‘chirgichi, 4 dona kompressor qurilmasi va 848,25 km uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 304 dona podstansiyadagi transformatorlar va avtotransformatorlar, 1643 dona o‘chirgich, 12 dona havo kompressori hamda 5451,1 km uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini joriy taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.

Beshinchidan, xarajatlarni qisqartirish, iqtisod qilish va optimallashtirish hisobiga 350,0 mlrd so‘m miqdorida qisqartirish rejalashtirilgan.

Oltinchidan, eksport ko‘rsatkichlari 111,8 mln dollar miqdorida prognoz qilinmoqda.

Yettinchidan, tizim korxonalarida 28 ta yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/43114

https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>