Yangiliklar
AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: 2024-yil 1-chorak davomida qayd etilgan murojaatlar va ularga berilgan rasmiy munosabat (murojaatchilarga yuborilgan javoblar)
  • 28.03.2024
  • 50

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16- iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni (shu yo‘nalishda qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham) «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati tomonidan ijro etilmoqda. Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yil 22-iyunda imzolangan 196-sonli buyruq masʼul xodimlar tomonidan ijro etilmoqda.

Maʼlumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, u orqali internet foydalanuvchilari, yaʼni isteʼmolchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.

Eʼtiboringizga 2024-yil 1-chorak davomida Axborot xizmati tomonidan qayd etilgan elektron murojaatlar va ularga berilgan javoblar havolasini taqdim etamiz:

20.02.2024 — Murojaatchi: “110 kV kuchlanishli “Yakkabog‘” podstansiyada o‘rnatilgan uch chulg‘amli transformatorning releli himoyasi haqida batafsil maʼlumotlar kerak...”

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4913

23.02.2024 — Murojaatchi: “Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi?”

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4920

27.02.2024 — Murojaatchi: « Bizning qishloqda 24 soatga 8–9 soat “sevet” o‘chmoqda. Bizning qishloq odamlari televizor ko‘rishga, bolalar dars tayyorlashga haqlimi yoki yo‘q?»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4992

28.02.2024 — Murojaatchi: «“Svet” nimaga o‘chmoqda? Qarzim yo‘q bo‘lsa, nimaga o‘chirasizlar? Sabab?!»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4951

04.03.2024 — Murojaatchi: «“Svet” judayam ko‘p uchmoqda, judayam ko‘p “o‘ynaydi”lar. Bir sutkada kamida 15 marta o‘chirib yoqishadi, gohida pirillab ham qoladi. Elektr jihozlarimiz kuyib qolishi mumkin...»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4959

04.03.2024 — Murojaatchi: «Bir kunda 5-6 marotaba elektr o‘chib qoladi. Har safar chiroq o‘chganda kamida 2 soat o‘chadi...»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4963

11.03.2024 — Murojaatchi: «Korxonamizga xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho ip yigiruv uskunalari olib kelingan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun doimiy elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim...»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4997

12.03.2024 — Murojaatchi: «Karmana tumani elektr tarmoqlari filialiga besh marotaba og‘zaki murojaat qildim, o‘rganishga kelishmadi va bir qancha bahonalar keltirishdi...»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5006

Shu o‘rinda bir jihatga alohida eʼtibor qaratish lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Call sentry raqami +998 (55) 500-5545, shu bilan birga, Yagona telefon raqami (Axborot xizmati) +998 (71) /236-6035, devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6226 va Ishonch (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) +998 (55) 503-1392 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilayotgan murojaatchilarning aksariyati turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan murojaat qilib, elektr energiyasi to‘lovlari, hisoblagichlar, simyog‘och, transformator punktlari, taqsimlovchi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq savollarni berishadi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlari hamda barcha telefon raqamlariga javob beruvchi mutaxassislar isteʼmolchilarga qay tartibda murojaat qilish lozimligini tushuntirishadi.

Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida “Onlayn maslahatchi”, yaʼni “Bizning faoliyatimizga taalluqli savolingiz bormi?”  degan savol bilan murojaat qiluvchi elektron dastur ish faoliyati joriy qilingan bo‘lib, dastur rasmiy veb-saytga integratsiyalashtirilgan. Murojaatchilar bilan bevosita muloqot qilish imkonini yaratgan ushbu elektron platforma orqali tushgan savollarning aksariyati turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan bo‘lib, bundan tashqari, dastur orqali ko‘proq bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan savol beruvchi murojaatchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi va murojaatchilarga tegishli tarzda javob hamda maslahatlar beriladi.

Shuningdek, “Onlayn maslahatchi” dasturiga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan savollar: sud, huquq-tartibot organlari, hokimlik, mahalla fuqarolari yig‘ini vakolatiga kiruvchi masalalar, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, nikoh ajrimlari va alimentlar to‘g‘risida ham savollar beriladi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlari murojaatchilarga tegishli tartibda javob qaytarib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida foydali maslahatlar bilan bo‘lishadi.

Maʼlumot o‘rnida: Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi maʼlumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) rasmiy veb-saytning xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan. Filial faoliyati bilan bog‘liq savollar uchun ham qisqa maʼlumot, manzil va telefon raqamlari eʼlon qilingan.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>