Qiziqarli xabarlar
Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarganda ularning quvvat berishi doimiy emasligi muammosi mavjud
  • 14.03.2024
  • 74

Shuning uchun elektr energiyasi ortiqcha boʻlganda uni saqlash, soʻngra ushbu saqlangan energiyani kerakli miqdorda sarflash zarur.
Energiya saqlagich bu — energiyani turini oʻzgartirmagan holda qabul qiladigan, saqlaydigan va foydalanish uchun ajratadigan qurilma. Energiya saqlagichlar saqlanadigan energiya miqdori, uning toʻplanishi va chiqish sur’atlari, solishtirma energiya hajmi (saqlangan energiya zichligi), uni saqlash mumkin boʻlgan muddatlari va boshqa parametrlari, shu jumladan ishlab chiqarish va ta’mirlashning ishonchliligi va sarflanishi bilan ajralib turadi.
Energiya saqlagichlar 3 asosiy guruhga boʻlinadi: energiyani saqlash uskunalari (elektr akkumulyatorlari, hajmli va induktiv saqlagichlar), mexanik energiya saqlash qurilmalari (statik va dinamik) va issiqlik energiyasini saqlash (fazali oʻtishi bor boʻlgan yoki boʻlmagan) uskunalari.

Manba: https://t.me/clearenergy/2420

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>