Bugun, 2024-yil 13-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ kichik majlislar zalida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan muhokamalar uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Bugungi kunda O‘zbekiston energetika sohasida ko’plab yirik loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniya vakillarini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi ishchi guruh kutib oldi.
Ishchi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv davomida bugungi kunda hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holati, texnik-muhandislik muammolarining yechimlari, shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati