Kasaba uyushmasi
Xodimlar dam olish kunlari bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishi uchun
  • 10.03.2024
  • 51

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari va ularning oila azolari uchun, 2024-yil 9-mart kuni Xalqlar do‘stligi san'at saroyidagi «Aziz ayol» deb nomlangan gala konsertga 280 dona chiptalar tarqatildi.

Ishchi-xodimlar dam olish kunlari bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida xarid qilingan chiptalarning 50 foizi Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan, qolgan 50 foizi korxona mablag‘lari hisobidan xarid qilinib, Filial xodimlari va ularning oila a'zolariga ro‘yxat bo‘yicha bepul tarqatildi.

 «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>