Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Korxonamizga xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho ip yigiruv uskunalari olib kelingan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun doimiy elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim...»
  • 11.03.2024
  • 237

Murojaat egasi: Turdiyev Umidjon Obitovich, «WBM ROMITEX DIROMM» MCHJ.

Elektron pochta: wbm.romitex@mail.ru

Murojaat mazmuni: «WBM ROMITEX DIROMM» masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy ish faoliyati ip yigiruv fabrikasidan iborat bo‘lib, hozirgi kunda 950 nafardan ortiq ishchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, tumanning eksport salohiyatini yuqori o‘rinda tutib kelmoqda. Jamiyat o‘z faoliyatini amalga oshirish maqsadida Germaniya va Turkiya davlatlarida ishlab chiqarilgan qimmatbaho ip yigiruv uskunalari olib kelingan bo‘lib, ulardan foydalanish uchun doimiy elektr energiyasi yetkazib berilishi lozim.

O‘z navbatida, texnik shart-sharoitlar elektr taʼminotida keskin va rejasiz uzilishlar mazkur uskunalarining tez vaqt oralig‘ida ishdan chiqishiga va ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan kafolat davri mobaynida ham taʼmirlab berilishini taʼminlamasligiga sabab bo‘lmoqda.
Elektr taʼminoti korxonasi bilan 2024-yil yanvar oyida tuzilgan “Ulgurji (yuridik) isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish” shartnomasining 4.1-bandi, 2-qismida “sifat ko‘rsatkichlari amaldagi davlat standartlariga (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) muvofiq o‘rnatilgan tartibda elektr energiyasini olish”, 3-qismida “elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatilishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi sabablari to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot olish” kabi Isteʼmolchi korxona, yaʼni «WBM ROMITEX DIROMM» masʼuliyati cheklangan jamiyatining huquqlari belgilab qo‘yilgan.
Shunga qaramasdan, Siz rahbarlik qilib kelayotgan “Taʼminotchi” korxona tomonidan 2023-yil va 2024-o‘tgan davrida bir necha marotaba oldindan xabar qilinmasdan elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish yoki to‘xtatib qo‘yish amalga oshirib kelinmoqda.
Natijada, ishlab chiqarish jarayonida foydalanib kelinayotgan zamonaviy asbob uskunlar yaroqsiz holatga kelib, Jamiyat faoliyatida uzilishlarga va katta miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga, bundan tashqari, 2.8 mln dollarlik eksport shartnomalarini o‘z vaqtida bajarilishiga to‘sqinlik qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu sababli, «WBM ROMITEX DIROMM» masʼuliyati cheklangan jamiyati ip yigiruv fabrikasiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazilishi va rejali elektr uzilishlar grafigini olishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Turdiyev Umidjon Obitovich hamda «WBM ROMITEX DIROMM» MCHJ rahbariyati va jamoasi, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOTO‘RNIDA: “O‘zbekistonmilliyelektrtarmoqlari” AJyuqorikuchlanishlielektrtarmoqlarivapodstansiyalarorqalielektrenergiyasiniuzatish (transportirovkaqilish), 220–500 kVkuchlanishlielektrtarmog‘ivapodstansiyalarniekspluatatsiyaqilish, shuningdek, magistralelektrtarmoqlaridaqurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiyaishlarinibajarish, bundantashqari, elektrenergiyasiimportivaeksportimasalalaribilanshug‘ullanib, isteʼmolchilarbilanbevositashartnomalarimzolamaydi.

Qo‘shimcha maʼlumot: Elektr tarmoqlarida isteʼmolning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi va bu jarayonni oldindan bilish, shuningdek, undan isteʼmolchilarni xabardor qilishning imkoni yo‘q.

Bu haqda batafsil maʼlumotlarni quyidagi havolalardan olishingiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/25111

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935 

Maʼlumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685

Sayt sahifalarida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2451

Hurmatli fuqaro, Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>